«O‘zbekipaksanoat» uyushmasida xitoylik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotgani, davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifida erishgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish doirasida ipak qurti urug‘i yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni bozor talablarini o‘rganish asosida eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi boshqaruvi raisi Bahrom Sharipov tizimdagi korxona va tashkilotlarga 2023-yilgacha qator imtiyozlar berilgani, xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tufayli qulay ishbilarmonlik muhiti ta’minlanayotganini ta’kidladi. Zero, pillachilik tarmog‘iga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtiriladi. Davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berish, muddatini uzaytirish, vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va muddatini uzaytirish amalga oshiriladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 29-martdagi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tizimdagi bu imkoniyatlarning joriy etilishida dasturilamal bo‘layotir.

– O‘zbekistonga investitsiya kiritish biz uchun juda qulay, – deydi «Sing» ipak va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish kompaniyasi direktori Chen Yu Mi (Xitoy). – Mamlakatingizda sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Biz yaqindan hamkorlik qilishga, zamonaviy bo‘yash texnologiyalarini kiritishga tayyormiz.

– Biz tut plantatsiyalari yaratish bilan shug‘ullanamiz, – deydi «Sin Fu» kompaniyasi bosh direktori Su Ping Xua (Xitoy). – O‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Surxondaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi tizim korxonalari faoliyati bilan batafsil tanishdik. Sharoitlar bizga ma’qul keldi. Kuzda yurtingiz iqlim sharoitiga mos keladigan uch turdagi tut ko‘chatlaridan 10 million dona yetkazib berishga kelishib oldik.

Yaqinda tashkil etilgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ipak qurti urug‘ini sifatli tayyorlash, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini o‘zlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etish bilan shug‘ullanmoqda.

Uchrashuvda joriy yilda uyushmaning Xitoydagi hamkorlari tomonidan 276 million dollar miqdoridagi investitsiya kiritilishi kutilayotgani qayd etilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoydan zamonaviy texnologiya va tut ko‘chatlari keltiriladi