Xitoyda yirik slansli neft koni topildi
Xitoyning Petro China energetika kompaniyasi mamlakatning Xeylunszyan viloyatida Datsin-Gulun neftgaz konlari hududidan slansli neftning yirik zaxirasini aniqladi, deb ma’lum qildi kompaniya rahbariyati.
"Datsin-Gulun neft konida slansli neft zaxirasi dastlabki hisob kitoblarga qaraganda 1,268 milliard tonnadan oshadi", - deyiladi kompaniyaning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti orqali bergan xabarida.
Datsin neftgaz konlari 1959 yilda ochilgan edi. bugungi kunda ushbu hudud Xitoyning eng yirik neftgaz konlaridan biri hisoblanadi. Xabarda ushbu hududda 5,7 milliard tonna neft va 1 trillion kubometr tabiiy gaz mavjudligi aytilmoqda.