Ma’lum bo‘lishicha, yosh xitoyliklar orasida turmush qurish sezilarli darajada kamayib ketgan.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, 2024 yil birinchi yarmida ushbu davlatda nikoh 12,5 foiz qisqargan – jami 3,43 million juftlik shartnoma tuzgan. Mahalliy ekspertlar bu 1980 yildan bu yog‘iga eng past ko‘rsatkich ekanini tasdiqladi.

Demograf Xa Yafu fikricha, qonuniy oila qurish yildan-yilga muntazam sustlashib borishiga asosiy sabab 2014 yildan boshlab yosh aholi soni keskin kamaygan. Shuningdek, yuzaga kelgan holat gender nomutanosibligi bilan ham bog‘liq. Ya’ni, erkaklar soni ayollarga qaraganda ko‘p. To‘y qilish narxi ko‘tarilishi, turmush qurish g‘oyasiga qarash o‘zgarishi ham yoshlarni bir-biridan uzoqlashtirmoqda.

2022 yil Xitoy Kommunistik partiyasi 20-Kongressida tug‘ilishni oshirish, homiladorlik, ta’lim va bolani tarbiyalash xarajatini kamaytiradigan tizim yaratish muhimligi ta’kidlangan edi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda oila qurish darajasi keskin tushgan