Xitoyda korxonalarning soliq yuki kamayadi
Xitoy hukumati mamlakat korxonalarining soliq yukini kamaytiradi. Buning samarasida ishlab chiqaruvchilar xarajatlari qisqarib, tashqi bozorda Xitoy korxonalarining raqobatbardoshligi oshishi kutilmoqda.

“ www.vestifinance.ru”ning “Sinxua” agentligiga asoslanib qayd etishicha, Xitoy hukumatining iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbiri qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS) yigʻishni soddalashtirish, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta badallarini kamaytirishni oʻz ichiga oladi. Joriy yil oxiriga qadar ishlab chiqarish subyektlaridan olinadigan 1,3 trillion yuan ( 188 milliard dollar) miqdoridagi soliq va yigʻimlarni qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Xitoy moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilning uch choragi natijalari mamlakatda byudjet daromadlari va soliq tushimlari oʻsish surʼati sekinlashganini koʻrsatmoqda.