Xitoyda koronavirusga qarshi ilk tabletka paydo bo‘ldi
Fosun Pharmaceutical Group farmatsevtika kompaniyasi xabar tarqatishicha, Xitoyda koronavirusga qarshi ilk tabletka muomalaga kiritildi.
Xabarda keltirilishicha, Azvudin (Azvudine) preparati o‘tgan hafta koronavirus eng ko‘p tarqalgan Xitoyning Xaynan provinsiyasi va Sinszyan-Uyg‘ur muxtor tumani (SUMT)da muomalaga chiqarilgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, preparat COVID-19ga uchragan katta yoshli bemorlarni davolashda qo‘llaniladi.
Azvudin preparati oziq-ovqatlar va dori vositalarini nazorat qilish bo‘yicha davlat boshqarmasi tomonidan shu yil iyul oxirida ma’qullangan edi. Bundan tashqari, Xitoyning sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi ham o‘tgan hafta ushbu preparatni koronavirus infeksiyasini diagnostika qilish va davolashning so‘nggi protokoliga kiritdi.