Xitoyning “UBTech Robotics” texnologiya kompaniyasi akkumulyatorini o‘zi almashtira oladigan dunyodagi birinchi odamsimon robot – “Walker S2”ni taqdim etdi, deb yozdi "South China Morning Post" (SCMP) nashri.

“Nazariy jihatdan, qurilma inson yordamisiz kuniga 24 soat to‘xtovsiz ishlashi mumkin”, — deyilgan xabarda.

Axborotga ilova qilingan “UBTech”ning qisqa video lavhasida inson bo‘yiga teng odamsimon robot quvvatlantiruvchi moslamaga yaqinlashib, orqa qismidan  batareyani mustaqil ravishda oladi va yangisini qo‘yadi. Bu yer yuzidagi birinchi shunday robotligi aytilgan.

So‘nggi yillarda Xitoy robototexnika sohasi, xususan odamsimon robotlar yaratish yo‘nalishida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishmoqda. Yanvar oyida  “UBTech Robotics” yil oxirigacha sanoat korxonalari uchun odamsimon robotlarni ommaviy ishlab chiqarish rejasini oshkor qildi. Shuningdek, Chin ommaviy axborot vositalari Shanxayda odamsimon robotlar tayyorlaydigan ilk baza ochilgani haqida ham xabar tarqatgan. Ushbu markaz robotlarni tegishli sohalarga oid turli vazifalarni bajarishga o‘rgatadi. To‘plangan ma’lumot robotlarning intellekt darajasini yanada takomillashtirish uchun muayyan ishlab chiquvchiga o‘tkaziladi.

2024 yil sentyabr oyida Xitoyning eng yirik internet-kompaniyasi – “Alibaba Group” bosh direktori U Yongmin kelajakda har bir oilada bir necha robot bo‘lishi, sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan “raqamli dunyo” esa sayyoramizda mehnat unumdorligini oshirishini ta’kidlagan.

2012 yil tashkil etilgan, robototexnika bozori yetakchilaridan biri hisoblangan “UBTech Robotics” kompaniyasi  o‘tgan yil oktyabr oyida “Walker S1” sanoat gumanoid roboti ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda ilk odamsimon robot yaratildi