Xitoyda ikki sobiq mudofaa vaziri o‘lim jazosiga hukm qilindi
Xitoyda ikki sobiq mudofaa vaziri Vey Fenxe va Li Shanfu harbiy korrupsiya ishi bo‘yicha ikki yillik kechiktirish sharti bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi. Xalq ozodlik armiyasi (XOA) Harbiy sudi tomonidan poraxo‘rlikda aybdor deb topilgan jinoyatchilar siyosiy huquqlaridan mahrum qilinib, mol-mulki musodara etildi.
XXR qonuniga ko‘ra, agar sudlangan shaxs ikki yil ichida boshqa jinoyat sodir etmasa, o‘lim jazosi shartli ravishda ozod qilinmasdan, umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi.
Sobiq vazirlarning ishlari Xitoy armiyasi ichidagi keng ko‘lamli korrupsiyaga qarshi kampaniyaning bir qismi bo‘lib, Raketa kuchlari, Qurol-yaroqni rivojlantirish departamenti va Markaziy harbiy komissiya rahbariyatiga daxldor. So‘nggi yillarda XOA tizimidagi o‘nlab yuqori martabali generallar va amaldorlar tergovga tortilgan.
S.Rahimov, O‘zA