XXR dunyodagi eng yirik shamol turbinasini muvaffaqiyatli uchirishga erishdi, deb xabar bermoqda “The Manila Times” nashri. Bu arzonroq “yashil energiya” ishlab chiqarilishiga hamda mamlakatning global toza energiyaga o‘tishdagi yetakchi rolini kuchaytirishga xizmat qilishi mumkin.

Shinjon mintaqasidagi cho‘l hududida o‘tkazilgan sinov parvozi davomida “S1500” nomli uchish qurilmasi bir megavatt elektr energiyasi ishlab chiqardi. Nashrning yozishicha, uskuna geliy yordamida havoda ushlab turiladi va elektr energiyasini yerga kabellar orqali uzatadi.

Uzunligi 60 metr, balandligi 40 metrdan iborat “S1500”ning noyob tuzilishi halqasimon qanotdan iborat bo‘lib, 12 ta turbina-generator to‘plamini o‘z ichiga oladi. Har bir to‘plam 100 kVt quvvatga ega. Parvoz chog‘ida bu havo kemasi yuqori balandlikdagi barqaror havo oqimidan foydalanib, shamolni elektr energiyasiga aylantiradi.

“Beijing SAWES Energy Technology”, Sinxua universiteti va Aerokosmik axborot tadqiqot instituti (AIR) hamkorligida yaratilgan ushbu innovatsion texnologik qurilmani bir necha soat ichida boshqa joyga ko‘chirish mumkin, bu esa cho‘l, orollar va qazilma konlari kabi borish qiyin bo‘lgan hududlarda qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishga tushirish uchun qulay yechim hisoblanadi.

“S1500”ning muvaffaqiyati avvalgi sinovlardan so‘ng qo‘lga kiritildi. 2024 yil oktyabr oyida geliy bilan to‘ldirilgan “S500” Xubey viloyatida yerdan 500 metr balandlikka ko‘tarilib, 50 kVt dan ortiq quvvat ishlab chiqardi. Atigi uch oydan so‘ng, “S1000” ming metr balandlikka ko‘tarilib, quvvatini ikki barobarga oshirdi va 100 kVt elektr energiyasi ishlab chiqardi.

Ma’lumki, Yerdan 500 metrdan 10 ming metr balandlikda esadigan shamollar halicha foydalanilmagan katta energiya manbalaridan biri. Bu shamollar anchayin barqaror bo‘lib, ko‘pincha sayyora sathidagi shamollardan bir necha marta kuchli bo‘ladi. Shamol tezligi ikki baravar oshganda, qurilma sakkiz baravardan ko‘proq energiya yetkazib beradi.

O‘.Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda dunyodagi eng kuchli shamol turbinasi sinovdan o‘tkazildi