Xitoy Xalq Respublikasi Inson resurslari va ijtimoiy ta’minot vazirligi rasman 17 xil yangi kasb paydo bo‘lganini ma’lum qildi.
“Sinxua” xabar berishicha, bu ro‘yxatga transchegaraviy elektron tijorat menejeri, dron parvozini rejalashtiruvchi, elektron sxema ishlab chiqaruvchi kabi xizmatlar bo‘yicha mutaxassisliklar kiritilgan.
Shuningdek, so‘nggi yillardagi keng qamrovli yangilanishning bir qismi sifatida yangi tasniflangan generativ sun’iy intellekt tizimini sinovdan o‘tkazish, aqlli ombor amaliyotiga texnik xizmat ko‘rsatish singari 42 ish turi ham e’lon qilindi.
“China Daily” eslatishicha, Xitoy rasmiylari birinchi marta 2018 yil rasman yangi kasblar ro‘yxatini e’lon qilgan. 2019-2024 yillar
mobaynida 93 turdagi yangi xizmat joriy etilgan. Davlat kengashi yillik hisobotida mas’ullar zimmasiga joriy yil shaharlarda 12 milliondan ziyod yangi ish o‘rni yaratish vazifasi yuklangan.
O‘zA