Xitoy yetakchisi AQSH boshchiligidagi sammitda nutq so‘zlaydi
Xitoy rahbari Si Szinpin ertaga AQSH Prezidenti Jo Bayden tomonidan tashkil etilayotgan videoanjuman shaklidagi sammitda ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi. Bu haqda Pekinning CNBC nashri xabar berdi.
Ta’kidlash joiz, ushbu sammit Xitoy va AQSH ishtirokidagi ilk rasmiy uchrashuvdir. Unda ekologiya, asosan, global iqlim o‘zgarishi masalalari muhokama qilinadi. Chunki Xitoy va AQSH atmosferaga eng ko‘p uglerod chiqaruvchi mamlakatlar sanaladi. Uglerod chiqindilarini kamaytirish Xitoy va AQSH hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan sohalardan biridir.
Ushbu mamlakatlar xalqaro maydonda yetakchi hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi ziddiyat unchalik murakkab emas. Ammo Jo Bayden baribir Xitoyni AQSH uchun "eng jiddiy raqib", deb hisoblaydi. Ustiga-ustak, sobiq prezident Donald Trampning Pekinga nisbatan pozitsiyasi hamon saqlanib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Si Szinpin va Jo Bayden fevral oyida telefon orqali muloqot qilgan edi.