Xitoy tadbirkorlari bilan hamkorlikda yangi loyihalar
Jizzax viloyatida hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş, turizm va tibbiyotni rivojlantirişga eʼtibor qaratilmoqda.
11-noyabr kuni Jizzax viloyati hokimligida Xitoy delegatsiyasi bilan ötkazilgan uçraşuvda ana şu masalalar atrofliça muhokama qilindi. Muloqotda Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiyalar markazi hamda “JDB Group” kompaniyasi bilan avval erişilgan kelişuvlar doirasida hamkorlikni kengaytirişga eʼtibor qaratildi.
Uçraşuvda bir qator yirik kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya iştirok etdi.

Delegatsiyaning navbatdagi taşrifi hamkorlikdagi işonç mustahkamlanayotganini körsatadi. Ayniqsa, muzokaralarga yangi kompaniyalar vakillarining jalb etilişi muhim ahamiyatga ega. Bu mavjud kelişuvlarni kengaytiriş va ularni iqtisodiy natijalar bilan boyitiş imkonini beradi.
Muloqot davomida avvalgi uçraşuvlarda belgilangan investitsiya taşabbuslari yana bir bor körib çiqildi. Ular orasida zamonaviy mehmonxona majmuasini barpo etiş alohida örin tutadi. Şuningdek, anʼanaviy Xitoy tibbiyoti usullaridan foydalangan holda soğlomlaştiriş markazini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Toğli hududda sanatoriy majmuasini quriş ham istiqbolli yönalişlardan biri hisoblanadi. Bu taşabbus hududning tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalanişga xizmat qilişi mumkin. Natijada soğlomlaştiriş turizmi infratuzilmasini rivojlantiriş uçun yangi zamin yaratiladi.

Hamkorlik dasturida kadrlar tayyorlaş masalasi ham nazarda tutilgan. Xususan, kasbga öqitiş va qayta tayyorlaşga ixtisoslaşgan Xitoy öquv markazini oçiş rejasi mavjud. Bunday markaz zamonaviy kasblarni egallaş va mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlaşda muhim örin tutişi mumkin.
Qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş yönalişidagi taşabbuslar ham eʼtiborga molik. Jumladan, zamonaviy logistika markazi barpo etiladi. Unda meva-sabzavotlarni saralaş, qayta işlaş, saqlaş va qadoqlaş yölga qöyiladi.
Bu loyiha viloyat agrar tarmoği uçun yangi iqtisodiy imkoniyatlar oçadi. Ayniqsa, mahsulotlarni çuqur qayta işlaş, saqlaş sifatini yaxşilaş va eksport salohiyatini oşirişda uning ahamiyati katta. Qişloq xöjaligida qöşimça qiymat yaratiş esa mahalliy işlab çiqaruvçilar manfaatlariga xizmat qiladi.

Umuman, rejalaştirilgan taşabbuslar viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilişga qaratilgan. Ular xizmatlar sohasini kengaytiriş, tibbiyot va turizm infratuzilmasini rivojlantiriş imkonini beradi. Eng muhimi, yangi iş örinlari yaratiş va aholi bandligini taʼminlaşga zamin hozirlaydi.
Tomonlar loyihalar böyiça investitsiya hajmi, amalga oşiriş muddatlari va joylaşuv manzillarini belgilaşga kelişib oldi. Şuningdek, taşkiliy masalalarni hal etiş va ikki tomonlama yöl xaritasini işlab çiqiş vazifalari belgilandi.

Loyihalar ijrosini tezlaştiriş uçun qöşma işçi guruh faoliyatini faollaştiriş ham közda tutilmoqda. Jizzax viloyati hokimining birinçi örinbosari Zafar Azimov muzokaralar davomida investorlar qöllab-quvvatlanişini, har bir loyihaning ijrosi uçun zarur infratuzilma va imtiyozlar kafolatlanişini taʼkidladi.
Bu borada kompaniyalar faoliyatining belgilangan investitsiya yönalişlariga mosligi ham muhim omildir. Zero, investorning imkoniyatlari bilan hudud ehtiyojlari uyğunlaşgandagina hamkorlik barqaror iqtisodiy natija beradi.
Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiyalar markazi raisi Long Yuyssyan hamkorlik istiqbollarini yuqori baholadi.
–Jizzax viloyatining iqtisodiy salohiyati va tabiiy imkoniyatlari bizda katta qiziqiş uyğotmoqda. Biz nafaqat investitsiya kiritiş, balki zamonaviy texnologiyalarni transfer qilişga ham tayyormiz,– dedi u.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri