Xitoy Suriyaga ko‘mak berishda davom etadi
Xitoy hukumati mamlakatning tiklanishi va pandemiyaga qarshi kurashda Suriyaga ko‘mak berishda davom etadi.
"TASS" xabariga qaraganda, Suriya prezidenti Bashar Asad bilan telefon orqali suhbatda Xitoy raisi Si Szinpin: “Xitoy Suriyaning har tomonlama taraqqiyoti tiklanishiga yordam beradi”, deb ta’kidladi.
Uning so‘zlari Xitoy markaziy televideniyesi ma’lumotida iqtibos o‘laroq keltirilgan.
“Xitoy Suriyaning mamlakat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va milliy qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatning ichki ishiga tashqi aralashuvga qat’iy qarshilik bildiradi”, dedi Si Szinpin.
Suriya yetakchisi, o‘z navbatida, ko‘mak uchun minnatdorlik bildirib, Damashq xitoylik investorlarning mamlakat tiklanishidagi ishtirokini olqishlashini aytdi.