Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan “Texno Park”da zamonaviy texnologiyalar asosida import ulushi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish uchun surxondaryolik bir guruh tadbirkorlar Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, nufuzli kompaniyalar va yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishmoqda.

Ayni paytda viloyatning Termiz tumanida 17 gektar va Denov tumanida 7,5 gektar maydonda jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan “Texno Park” qurilmoqda. Ularning har biridagi oltita blokda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 336 ta lot tashkil etilgan. Ikkita yirik sanoat majmuasida 1,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga bir trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Byudjetga yiliga 120 milliard so‘m qo‘shimcha tushum tushiriladi. 

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, delegatsiya a’zolarining yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishuvi Xitoyda aqlli ishlab chiqarish tizimlarini sanoatga joriy etishda yetakchi korxonalardan biri ­  “Hicorp Machinery (Qingdao) Co., Ltd.” kompaniyasidan boshlangan. Tadbirkorlar bu yerda qurilish, to‘qimachilik va metallurgiya sohalari uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskunalarni ishlab chiqarish jarayonini katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirgan.  “Qingdao Yiweite Intelligent Technology Co., Ltd.” kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan aqlli robotlar, lazer payvandlash uskunalari, payvandlash robotlari, konchilik texnikalari, yuk ko‘taruvchi va yuklovchi robotlar ham alohida qiziqish uyg‘otgan. “Unisunx Group” kompaniyasi delegatsiya a’zolariga yog‘ochga nafis ishlov berish texnologiyalarini, panel arralari bo‘yicha eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida tanilgan “Magic Box Ranking” kompaniyasi chilangarlik kesish stanoklari, sirpanma stol arralari va mebel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qator zamonaviy uskunalarini namoyish etgan.

Mahalliy mutaxassislar surxondaryolik ishbilarmonlarning Xitoyga bu galgi safari “Texno Park” uchun tegishli texnologik yechimlarni izlab, ilg‘or ishlab chiqarish usullarini joriy etish va tadbirkorlar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etmoqda. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy safari “Texno Park” uchun muhim texnologik imkoniyatlar yaratmoqda