Xitoy, Rossiya va Fransiya Eronga qarshi rezolyutsiyaga qarshi chiqdi
“The New York Times” gazetasi yozishicha, Bahrayn boshqa Fors ko‘rfazi davlatlari ko‘magida Eronning mintaqa mamlakatlariga qarshi harakatini qoralovchi, Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun kuch ishlatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etishga urindi. Binobarin, bu tashabbus BMT Xavfsizlik kengashining bir necha doimiy a’zosi qarshiligiga duch keldi.
Xitoy, Rossiya va Fransiya kuch ishlatish mumkinligi haqidagi qoidaga qarshi chiqdi va bunday qarorga veto qo‘yishini bildirdi.
Shundan so‘ng Bahrayn tomoni hujjatni qayta ko‘rib chiqib, darhol harbiy aralashuv haqidagi iborani olib tashladi, biroq Tehron harakati qoralanishi saqlab qolindi.
S.Rahimov, O‘zA