Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi Raisi Chjao Letszi boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Xitoy delegatsiyasi a’zolari ko‘hna Samarqandda bo‘lib, qadimiy arxitektura va ko‘p asrlik shaharning tarixiy obidalari, me’moriy manzaralari bilan yaqindan tanishdi.   

Mehmonlar tashrifning asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent shahriga yetib keldi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva kutib oldi.   

***  

Amaliy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turgan Butunxitoy xalq vakillari majlisi doimiy qo‘mitasi Raisi Chjao Letszi boshchiligidagi delegatsiya Senat Raisi Tanzila Norboyeva hamrohligida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomli O‘zbekiston-Xitoy institutiga tashrif buyurdi.   

Mehmonlar mazkur ta’lim dargohining 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Konfutsiy institutlari va sivilizatsiyalararo o‘zaro ta’lim” mavzusidagi xalqaro anjumanning ochilish marosimida ishtirok etdi.   

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli davlat va ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, xitoyshunoslik va xalqaro munosabatlar sohasidagi ekspert va olimlar ham qatnashdi.   

Senat Raisi o‘z so‘zida ta’lim va fan, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi har bir qadam xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi.   

Chjao Letszi Toshkentdagi Konfutsiy instituti dunyodagi birinchi tashkil etilgan institutlardan biri sanalishini ta’kidlab, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ishonchli va yillar sinovidan o‘tgan do‘stona munosabatlarga asoslanganiga urg‘u berdi.   

Tadbir doirasida XXR delegatsiyasi Konfutsiy institutining so‘nggi 20 yil davomida erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan ham tanishdi.   

***  

Xitoy delegatsiyasi a’zolari Oliy Majlis Senati Raisi hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.   

Delegatsiya rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan majmuaning arxitektura yechimlari va kompozitsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishdi.   

Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi delegatsiyasi 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo va Paraosiyo o‘smirlar o‘yinlari ishtirokchilarini qabul qiladigan, poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida bo‘ldi.   

Chjao Letszi dunyoning 70 ta davlatida sport inshootlarini qurish tajribasiga ega Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Olimpiya shaharchasi qurilishining borishi bilan tanishdi.   

Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi shaharchada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami va sifatini yuqori baholab, bu davlat tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibordan dalolat berishini hamda mazkur loyihalarning barchasi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan har tomonlama va serqirra hamkorlik samarasi ekanini ta’kidladi.   

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy parlamentining nufuzli delegatsiyasi yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi