Olimlar choʻchqa grippining yangi pandemiyani keltirib chiqara oladigan shtammini aniqlashdi.

Olimlar choʻchqa grippining yangi pandemiyani keltirib chiqara oladigan shtammini aniqlashdi. Amerikaning Proceedings of the National Academy of Sciences nomli ilmiy jurnalida eʼlon qilingan tadqiqot natijalarida shu haqda maʼlumot beriladi.

Maqola mualliflarining taʼkidlashicha, choʻchqalarga pandemiya keltirib chiqaruvchi gripp viruslari generatsiyalashuvi jarayonining vaqtinchalik makoni sifatida qarash kerak. Shu bois gripp virusini tizimli kuzatib borish kelgusida yuz beradigan pandemiyadan ogoh etish va unga qarshi tayyorgarlik koʻrish uchun juda muhimdir.

Tadqiqotchilar 2011-yildan 2018-yilgacha Xitoyning oʻnta viloyatida choʻchqa grippi virusini kuzatuvga olishdi. Shu vaqt mobaynida olimlar choʻchqa grippini keltirib chiqaruvchi 179 ta virusni ajratib oldilar.

Ularning orasida yaqinda paydo boʻlgan oʻzida H1N1 genlarini tashib yuruvchi gripp shtammi ham bor ekan. Ushbu virus 2009-yilda pandemiyani keltirib chiqargan edi. G4 EA H1N1 nomini olgan ushbu shtamm 2016-yilda choʻchqalarda keng tarqalgan edi.

Bundan tashqari, serologik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, choʻchqa fermasida ishlaydiganlarning 10,4 foizida, ushbu shtammga qarshi antitela mavjud boʻlgan. Antitela koʻproq 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan ishchilarda aniqlangan.

“Bunday infektivlik ushbu virusning inson tanasiga moslashish imkoniyatini sezilarli ravishda oshiradi va pandemiya keltirib chiqaruvchi virusga aylanish ehtimolini keltirib chiqaradi”, — deb xulosa chiqaradi olimlar.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy olimlari choʻchqa grippining pandemiya keltirib chiqara oladigan shtammini aniqlashdi
Хориж хабарлари
14:35 / 01:07:2020