“Xitoy – Markaziy Osiyo” sammiti may oyida bo‘lib o‘tadi
Sammit joriy yil mayda Xitoyning Sian shahrida bo‘ladi, deyiladi payshanba kuni “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining 4- uchrashuvi yakunlari bo‘yicha tarqatilgan matbuot xabarnomasida. Bu haqda «Xovar» agentligi «Sinxua»ga tayanib yozmoqda.
Xitoy davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Sin Gan 4 chi uchrashuvga raislik qilib, Xitoy bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik, sheriklik va qardoshlik aloqalarini yanada chuqurlashtirishga muvaffaq bo‘linganini ta’kidlagan.
2022 yil iyun oyida “Xitoy – Markaziy Osiyo” formati doirasida tashqi ishlar vazirlarining 3- uchrashuvi davomida barcha mamlakatlar “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatida davlat rahbarlarining uchrashuvi mexanizmini yaratish bo‘yicha shartlashib olgan edi.
Uchrashuvda ishtirok etgan vazirlar Markaziy Osiyo mamlakatlari Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaning umumiy xavfsizligi, mustahkam tinchligi va barqaror taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlashda birgalikda harakat qilishga tayyor ekanini ta’kidlagan.