Xitoy BMT Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasini ötkaziş ğoyasidan voz keçdimi?
Xitoy 2028-yil BMT 33-iqlim özgarişi böyiça konferensiyasi (COP33)ni ötkaziş ğoyasidan voz keçdi, deya xabar tarqatdi Britaniyaning "Thye Guardian” manbalarga tayanib.
– Xitoy bir neça oylik muhokamadan söng 2028-yil BMT Iqlim özgarişi böyiça COP33 sammitini ötkazişdan voz keçdi, – deyilgan bayonotda. – Endi Osiyoning boşqa mamlakatlarida uşbu anjumanni ötkaziş imkoni paydo böldi.
BMT Iqlim özgarişi böyiça doiraviy konvensiyasi qoidasiga köra, 2028-yilgi sammit Osiyoda ötişi belgilangan. Gazeta yozişiça, daʼvogarlar orasida Özbekiston, Janubiy Koreya, Indoneziya va Tailand bor.
Pekin nima uçun aks qaror qabul qilgani nomaʼlum. Ayrim ekspertlar bu AQŞning keyingi prezidenti saylovi vaqti bilan boğliqligini taxmin qilgan.
Qöşma Ştatlarda prezident saylovi 2028-yil 7-noyabrda bölib ötadi, COP33 esa 6-17-noyabr kunlariga töğri keladi.
Aprel oyida “Reuters” Hindiston ham 2028-yil BMT Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasi (COP33) 33-sessiyasini ötkaziş taklifini qaytarib olgani haqida xabar qilgan edi.
S.Rahimov, ÖzA