Xitoyning mamlakat ichkarisida aqlli infratuzilma yaratishdagi muvaffaqiyati xorijdagi shunga o‘xshash loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llanilishi odat tusiga kirdi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari mahalliy ehtiyojlarga mos ravishda ushbu loyihalarni shakllantirishda faol ishtirok etib, barqaror va inklyuziv rivojlanishni ta’minlamoqda.

Xitoyning Markaziy Osiyodagi infratuzilmaviy diplomatiyasi faqat yo‘llar yoki temir yo‘llar qurish haqida emas, bu ishonch o‘rnatish, o‘sishga keng yo‘l ochish va umumiy kelajakni bog‘lash haqidadir. Tobora bo‘linib borayotgan dunyoda bunday hamkorlik modellari ertangi kunga umid bag‘ishlaydi. 

Bugun Markaziy Osiyo – Xitoy ikkinchi sammiti arafasida hammaning nigohi Ostonada bo‘lmoqda. U yerda rahbarlar nafaqat erishilgan yutuqlarni baholaydilar, balki yanada o‘zaro bog‘liq, chidamli va farovon mintaqa uchun yo‘l xaritasini ham belgilab oladilar. Yo‘l uzoq bo‘lishi mumkin, lekin poydevor bugun qo‘yilmoqda – po‘latdan po‘latga, izdan izga, g‘oyadan g‘oyaga.

Qozog‘istonning Ostona shahrida Markaziy Osiyo – Xitoyning ikkinchi sammiti ish boshlar ekan, o‘zaro bog‘liqlik mintaqaviy transformatsiya markazida turganini ta’kidlash joiz. "Bir makon, bir yo‘l" (BRI) tashabbusi doirasida Xitoyning transport infratuzilmasini qurishga sarmoyalari va hamkorligi Markaziy Osiyoda iqtisodiy integratsiya, savdoni osonlashtirish va odamlar o‘rtasidagi almashinuv uchun muhim katalizatorga aylandi.

Tarixan dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan va qo‘pol relef bilan bo‘lingan Markaziy Osiyo uzoq vaqt davomida transport samarasizligi bilan kurashib keldi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlar tovarlarni eksport qilish uchun temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari va quvurlarga ko‘proq tayanadigan bo‘lsa-da, ushbu infratuzilmaning aksariyati Sovet davriga borib taqaladi va yetarlicha rivojlanmaganligicha qolmoqda. Past o‘zaro bog‘liqlik savdo xarajatlarini oshiradi, raqobatbardoshlikni cheklaydi va mintaqaviy integratsiyaga to‘sqinlik qiladi. Aynan shu yerda “Bir makon, bir yo‘l” strategik farq qiladi. So‘nggi o‘n yil ichida Xitoy Markaziy Osiyo hukumatlari bilan muhim transport yo‘laklarini modernizatsiya qilish, cho‘l bo‘ylab "Yangi Ipak yo‘li"ni yaratish bo‘yicha hamkorlik qildi. Eng yirik ramziy loyiha – uzoq kutilgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li bo‘lib, uning qurilish kelishuvi ko‘p yillik muzokaralardan so‘ng 2024 yilda imzolangan va boshlangan edi. Ushbu liniya Xitoy–Yevropa temir yo‘lini 900 kilometrga qisqartiradi va vaqt va xarajatlarni keskin kamaytiradi.

Yo‘l tarmoqlari va logistika markazlarini yangilashga ham katta sarmoyalar kiritildi. “Bir makon, bir yo‘l” da muhim rol o‘ynagan Qozog‘iston Xitoy-Qozog‘iston chegarasidagi Xorgos quruqlik portini rivojlantirish orqali kontinental ko‘prikka aylandi, u yerda Xitoy tovarlari temir yo‘l orqali Yevropaga o‘tadi. Xitoy shimoli-g‘arbidagi tarixiy Sian shahrini Qozog‘istonning sobiq poytaxti Olmaota bilan bog‘laydigan Olmaota-Sian yuk yo‘nalishi hozirda Sharq va G‘arb savdosi uchun muhim arteriya hisoblanadi. Mintaqaviy havo yuk sanoati ham kengayib bormoqda, Sharqiy Xitoydagi Xanchjou shahrini Markaziy Osiyo shaharlari bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalishlar an’anaviy eksportni ham, jadal rivojlanayotgan elektron tijorat savdosini ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

Beton va po‘latdan tashqari, bugungi kunda o‘zaro bog‘liqlik raqamli va yashil o‘lchamlarni o‘z ichiga oladi. Buni e’tirof etgan holda, Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati raqamli tijoratning yangi avlodini ta’minlash uchun birgalikda tola-optik tarmoqlariga va chegaralararo ma’lumotlar infratuzilmasiga sarmoya kiritmoqda. 

Xitoyning yashil taraqqiyot falsafasi mintaqada tobora ommalashmoqda. Xitoy tomonidan qurilgan Namangan shahridagi 100 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi hozirda samarali ishlamoqda. Qozog‘istonda Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlangan shamol va gidroloyihalar minglab uylarni quvvatlantirib, barqaror energiya modeliga o‘tishga yordam bermoqda. Ushbu tashabbuslar global iqlim maqsadlariga mos keladi, shuningdek, uzoq muddatli infratuzilma xarajatlarini kamaytiradi.

Aloqalarda faqat infratuzilmaning o‘zi yetarli emas, siyosatni muvofiqlashtirish va institutsional ramkalar ham birdek ahamiyatga ega. 2024 yilda Xitoy-Markaziy Osiyo kotibiyatining ishga tushirilishi va 10 dan ortiq vazirlik darajasidagi muloqot mexanizmlarining yaratilishi muhim muvofiqlashtirish platformalarini ta’minlaydi. 

Masalan, bojxonani uyg‘unlashtirish, soddalashtirilgan chegara tartib-qoidalari va birlashtirilgan logistika standartlari ushbu kanallar orqali ishlab chiqilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar Yevrosiyoning o‘ziga xos muammolariga moslashtirilgan Yevropa Ittifoqi uslubidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Infratuzilma faqat tovarlar harakatini ta’minlamaydi. U madaniy almashinuv va turizmni kuchaytiradi. 

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida imzolangan o‘zaro vizasiz kelishuvlar allaqachon turizmning gullab-yashnashiga sabab bo‘ldi. Sian-Olmaota madaniy poyezdining ishga tushirilishi transport sohasi mamlakatlar o‘rtasidagi chuqur o‘zaro tushunishni qanday rag‘batlantirishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.

U.Qurbonov tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy bilan aloqalar Markaziy Osiyoni o‘zgartirmoqda