Xitoy anʼanaviy sanʼati bilan yaqindan tanişuv (+video)
Madaniyatni anglaş uçun baʼzan birgina musiqa sadosi, hunarmand qöllarida yaratilgan buyum yoki qadimiy sanʼat namunasi bilan tanişiş kifoya. Zero, xalqning tarixi, dunyoqaraşi va qadriyatlari uning anʼanaviy hunarmandçiligida ham namoyon böladi.
10-noyabr kuni Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston ommaviy axborot vositalari vakillari Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom rayonidagi Karamoy şahri madaniyat markaziga taşrif buyurib, mamlakatning anʼanaviy sanʼati va nomoddiy madaniy merosi bilan tanişdi.
Markazning nomoddiy madaniy meros körgazma zalida mehmonlarni loydan yasalgan szişa nomli huştak-okarinaning yoqimli sadolari qarşiladi. Xalq ustalari tomonidan yaratilgan sopol haykalçalar, anʼanaviy qoğoz qirqma sanʼati namunalari va baxmaldan tayyorlangan gullar Xitoy xalq amaliy sanʼatining öziga xosligi, rang-barangligi haqida tasavvur berdi.
Taşrif davomida jurnalistlar nafaqat körgazma namunalarini tomoşa qildi, balki hunarmandlarning iş jarayonini ham yaqindan kuzatdi. Ularning har bir harakati, buyumlarga şakl va nafosat bağişlaş mahorati mehmonlarda qiziqiş uyğotdi. Interaktiv maydonda esa iştirokçilar özlari ham xalq hunarmandçiligi namunalarini yaratib köriş imkoniga ega böldi.
Şu tariqa, madaniyat markaziga taşrif oddiy körgazma tomoşasidan öziga xos ijodiy muloqotga aylandi. Markaziy Osiyolik jurnalistlar Xitoyning anʼanaviy sanʼatini nafaqat köz bilan körib, balki uning ayrim namunalarini öz qöllari bilan yaratiş orqali ham his etiş imkoniga ega böldi.
Bunday uçraşuvlar xalqlar madaniyati va qadriyatlarini özaro anglaş, mamlakatlar örtasidagi döstona aloqalarni madaniy muloqot orqali boyitişga xizmat qiladi.
Nilufar Bozorova, ÖzA