Xirosimada bomba portlatolmagan soat sotildi
1945 yil 6 avgustda Xirosimaga atom bombasi tashlangach, vayrona orasidan topilgan soat Bostondagi kimoshdi savdosida 31 113 dollarga xarid qilindi, deb yozgan “Kazinform” agentligi.
Auksion uyi vakillari buyum aynan kimga nasib etganini aytgisi kelmadi.
Insonparvarlik loyihasida qatnashgan britaniyalik askar xarobadan topib olgan mazkur soat ko‘rsatgichlari 8:15 da to‘xtagan.

Auksionga qo‘yilgan boshqa buyumlar orasida Xitoy yetakchisi Mao Szedun imzolagan “Kichik Qizil kitob” nusxasi, Jorj Vashington imzosi bilan tasdiqlangan taqdimnoma, “Apollon-11” Oy modulini tayyorlashga oid nazorat ro‘yxati ham bor edi.