XDP: Qoraqalpog‘istonda imzo yig‘ish jarayonlari boshlandi
Joriy yil 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi 2024 yilning 27 oktyabr kuni deb belgilandi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining vakolatli vakiliga partiyaning saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar imzosini to‘plash uchun belgilangan namunadagi imzo varaqalari topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati saylovida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imzo to‘plash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu imzo yig‘ish jarayonida aholi faol ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbirlar barcha hududlarda davom etmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.