Zilola Bozorovna NAMOZOVA O‘qituvchi Filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Qarshi davlat universiteti Qarshi, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek matnshunosligidagi boy ilmiy tajribalar, xususan, professor Hamid Sulaymonning “Xazoyin-ul-maoniy” devonlarini nashrga tayyorlashgacha bo‘lgan tajribalari, ilmiy-tanqidiy matn va yig‘ma matn tayyorlashdagi foydalangan prinsiplari zamonaviy matnshunoslik mezonlari asosida tekshirilgan va bugungi kundagi ahamiyati ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: tanqidiy matn, prinsip, devon, kulliyot, nashr, ommaviy nashr, ilmiy-tanqidiy matn, yig‘ma matn.