Yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, buyuk allomalarga munosib vorislarni tarbiyalash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘hna madaniyat maskani bo‘lgan Marg‘ilon shahrida xalqimizning ardoqli shoiri Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining tashkil etilgani ham ma’naviyatga, adabiyotga bo‘lgan yuksak e’tibor ifodasidir.

Prezidentimiz tashabbusi bilan bu yerda barpo etilgan ijodkorlar bog‘i o‘z bag‘rida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov izdoshlarini tarbiyalayotgan qutlug‘ dargoh sifatida xalqimizning sevimli maskanlaridan biriga aylangan.

2017 yilda tashkil etilgan ona tili va adabiyot fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda ayni paytda 134 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Maktabning 11 ta o‘quv xonasi, 14 o‘rinli axborot texnologiyalari zali, 3 mingdan ortiq kitoblarni jamlangan kutubxonadan yosh ijodkorlar to‘liq bahramand bo‘lmoqda. Shuningdek, 90 o‘rinli oshxona, 140 o‘rinli o‘quvchilar yotoqxonasida zamonaviy sharoit va qulayliklar yaratilgan.

Mazkur ijod maktabida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Dastlab Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova, yozuvchi va shoirlar, keng jamoatchilik vakillari va o‘quvchilar ishtirokida O‘zbekiston Qahramoni, atoqli shoir va adib Erkin Vohidov haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, unga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir ijod maktabining anjumanlar zalida davom etib, unda viloyat hokimi Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarga, jumladan, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.

– Davlatni rivojlanishida ikki soha muhim ahamiyatga ega. Ularning biri sog‘liqni saqlash tizimi bo‘lsa, ikkinchisi ta’lim hisoblanadi. Chunki sog‘liq bor joyda, sifatli ta’lim bor joyda fikrlash bo‘ladi, o‘sish bo‘ladi, oldinga intilish bo‘ladi. Ijod maktablariga ham iqtidorli yoshlar yig‘ilgan. Ularga ko‘mak berish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Viloyatimizda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tashkil qilinganiga ham 3 yil bo‘ldi. Bu yil birinchi qaldirg‘ochlar bitiradi. Albatta, ular ham shu yerda olgan bilimlariga tayanib, boshqalarga namuna bo‘lishadi, kelajakda o‘z o‘rinlarini topishadi. Biz ozgina e’tibor berib ham ma’nan, ham moddiy o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlasak, ular yanada yaxshi natijalarga erishishadi, – dedi viloyat rahbari.

Ta’lim maskanida tashkil etilgan «Ijod maktabi – ibrat maktabi» mavzusidagi matbuot anjumani qizg‘in savol-javoblar bilan davom etdi. Ishtirokchilarga Prezident maktablari va ijod maktablariga qabul, ulardagi o‘quv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, turli tillardagi she’r va qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Erkin Vohidov asari asosida sahnalashtirilgan «Oltin devor» spektaklidan parcha o‘g‘il-qizlarning aktyorlik mahoratini yaqqol namoyon etdi. Yakunda Respublika miqyosida hamda viloyatda o‘tkazilgan tanlovlarda, olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va faol o‘qituvchilar munosib taqdirlandi.

M.Sulaymonov, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorov: «Ijod maktabining ilk bitiruvchilari boshqalarga o‘rnak bo‘ladi»