Xayriya velomarafoni ishtirokchilari Navoiyda
Bugun «Mo‘ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoni ishtirokchilari Navoiy viloyatiga yetib keldi.
Ular Navoiy va Samarqand viloyatlari chegarasida tantanali kutib olindi.
Ma’lumot uchun, mazkur ekologik xayriya velomarafonidan tushgan mablag‘lar Orolbo‘yi hududida, jumladan, Mo‘ynoq tumanida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga sarflanadi.

O‘zA