Yakunlangan 1-MDH o‘yinlarida 23 marta O‘zbekiston madhiyasi yangragan bo‘lsa, 91 marta bayrog‘imiz sarbaland bo‘ldi.

Kecha 12 sentyabr kuni kechki payti Tatariston poytaxti Qozon shahrida 1-MDH o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xabar berganimizdek, 8 kun davom etgan hamdo‘stlik mamlakatlarining birinchi o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilari 16 ta sport turi bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

O‘yinlar dasturidan o‘rin olgan 17 ta sport turining 15 tasida rossiyaliklar 1-o‘rinnni egallagan bo‘lsa, mamlakatimizning shijoatli yigit-qizlari belbog‘li kurash musobaqalarida 9 ta davlat orasida 1-o‘rinni, boks va dzyudoda 2- o‘rinni, sambo, badiiy gimnastika, futzal, kurash, basketbol(3x3) sport turlarida umum jamoada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va qolgan yo‘nalishlarning yakkalik bellashuvlarida oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lib, Vatanimizning sha’nu shavkatini ulug‘ladi.

Yurtimizning kichik raketka ustalari uchun yaxshigina tajriba va mahorat maydoni bo‘ladigan stol tennisi bahslarida o‘zbekistonlik kichik raketka ustalari, taassufki, ishtirok etishmadi. O‘zbekiston stol tennnisi federatsiyasidan bildirishlaricha, ikkita musobaqaning bir paytga to‘g‘ri kelib qolganligi Qozondagi stol tennisi musobaqalari o‘zbekistonliklarsiz o‘tishiga sabab bo‘lgan.  

Aytish lozimki, sportchi yoshlarimizning, ayniqsa, yakka kurash sport turlaridagi chiqishlari MDH o‘yinlarining professionallik darajasini belgilashda o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatdi. Buni o‘yinlar jarayonida ishtirok etgan hamdo‘stlik davlatlarining mutaxassislari ham e’tirof etdi.  

Qozondagi do‘stlik bellashuvlarining yana bir ahamiyatli jihati, bu yerda 14 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lganlar orasida endi-endi katta sport maydoniga kirib kelayotganlardan tortib, jahon chempionati g‘oliblari, olimpiya o‘yinlarining sovrindorlari 1-MDH o‘yinlarining medallari uchun kurashganligi mutaxasssislar uchun ham, sportchilar uchun ham katta sport maktabi vazifasini o‘tadi.  

–Bunday ko‘rinishdagi ommaviy sport o‘yinlarining o‘tkazilishi har bir sportchi uchun juda muhim. Tajribasi oshadi. Katta sport maydonidagi ko‘nikmasi shakllanadi. Ayniqsa, murabbiy va mutaxassislar shunday musobaqalar orqali shogirdlarining imkoniyatlarini yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazishadi. Tataristonda o‘tkazilgan o‘yinlarda mamlakatimizdagi olimpiya zahiralari kollejlarining, sport jamoalarining ko‘plab sportchilari bahslarda qatnashdi. Ular orasida sovrindor bo‘lganlari ham, medalsiz kelganlari ham bo‘ldi. Gap bunda emas. Muhimi, yoshlarning tajribasi oshdi. Keyingi nufuzli musobaqalar oldidan mahorati shakllandi. Asosiysi esa, ana shunday musobaqalar orqali yurtimizdagi sport ta’lim muassasalarining, terma jamoalarning ish tizimi qanday yo‘lga qo‘yilganligi kaftdagidek ravshan bo‘ldi. Sportchilarning, murabbiylarning texnik-taktik holatini aynan ushbu o‘yinlar natijasi bilan monitoring qilish mumkin. Yana bir fikrni aytmasam bo‘lmaydi. MDH o‘yinlari dasturiga har bir mamlakat o‘z sport turlarini kiritishga harakat qiladi, albatta. Qozondagi musobaqalarda olimpiya sport turlari qatori Rossiya xalqlarining milliy yakkakurashi, deya e’tirof etiladigan borba na poyasax(belbog‘li kurash) va kuresh(kurash) turlarining joy olganidan kelib chiqilsa, biz ham o‘z sport turlarimiz uning dasturida bo‘lishiga erishmog‘imiz lozim, – deydi tajribali murabbiy, O‘zbek jang san’ati federatsiyasi raisi Po‘lat Usmonov.

Qozon o‘yinlari tarixga aylandi. Uning natijalarini tahlil qilish, kerakli xulosalar chiqarish va keyingi sport o‘yinlari uchun rejalarni belgilash mutaxassislarga havola.

Xo‘sh, o‘smir-yoshlar uchun o‘ziga xos mahorat maydoni sifatida yaratilgan MDH o‘yinlarining keyingi musobaqalari qaysi hamdo‘stlik davlatida o‘tkaziladi?

Bundan uch kun muqaddam Ozarbayjon va Belarus davlatlarining sport mutasaddilari 2-MDH o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘z mamlakatlari nomzodini ilgari so‘rishgandi. Belarus va Ozarbayjondagi bir qator internet tarmoqlari o‘z sahifalarida bu haqda rasmiy va norasmiy axborotlarni tarqatishdi ham. Ozarbayjon yoshlar va sport vazirligining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Namig Navro‘zov bu borada rasmiy munosabat ham bildirdi.

Biroq, MDH davlatlari ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari L. Anfimovning so‘zlariga ko‘ra, yana ikki yildan so‘ng 2023 yili o‘tkaziladigan musobaqalar qaysi davlatda bo‘lishi masalasi joriy yilning dekabr oyida o‘tadigan hamdo‘stlik davlatlarining ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.  

   T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayr Qozon!