O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasida Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va aholini band qilish vazirligi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT)ning Tojikistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar Assotsiatsiyaning faoliyati, yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlari hamda “Xavfsiz migratsiya” bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Ularga O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Xavfsiz migratsiya” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan axborot kampaniyasi natijalari haqida ma’lumot berildi.



Shuningdek, do‘stona va samarali muhitda o‘tgan uchrashuvda tomonlar yoshlar migratsiyasi sohasida tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA