Kuni kecha ushbu shior ostida respublikamizning barcha hududlaridagi kabi Jizzax viloyatida ham velo hamda yurish marafoni tashkil etildi.
Ushbu marafon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Xavfsiz hayot uchun” marafonini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoyishiga asosan tashkil etilib, unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ixtiyoriy ravishda hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
[gallery-10856]
O‘zbekiston Davlat madhiyasi sadosi ostida boshlangan marafon Sharof Rashidov tumani “Sovungarlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Shavkat Boboyev ko‘chasi boshidan start oldi. Avval velosportchilar, keyin tez yurish ishtirokchilari harbiy orkestr sadolari ostida yura boshlashdi.
Ishtirokchilar Jizzax shahridagi “Istiqlol” hamda Sharof Rashidov ko‘chalari bo‘ylab 3 kilometrlik masofani bosib o‘tib, finishni viloyat markazidagi Sharof Rashidov xiyobonida yakunlashdi.
Velo hamda tez yurish marafoni g‘olib, sovrindor, turli nominatsiyalar sohiblari, eng yosh va eng yoshi ulug‘ ishtirokchilar ham tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
A.QAYUMOV (surat), O‘zA