Respublikamiz hududlaridagi madaniyat va istirohat bogʻlarida oʻrnatilgan attraksionlar holati va ularning bexatar ishlatilishi boʻyicha tekshiruv olib borildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan “Istirohat bogʻlarida attraksion qurishda texnik xavfsizlik choralari, muammo va yechimlar” mavzusidagi matbuot anjumanida maʼlumot berildi.

Anjumanda zamonaviy attraksionlarni qurishda texnik xavfsizlik choralari, ularning mustahkamligi, yosh chegarasini eʼtiborga olish, attraksionlarning harakatlanayotgan vaqtda buzilish holatlari, bu borada masʼul tashkilot va shaxslar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi Baxtiyor Gʻulomovning maʼlum qilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi madaniyat va istirohat bogʻlaridagi mavjud attraksionlarni davlat nazoratidan oʻtkazish uchun hududlar boʻyicha mahalliy hokimiyatlar, Favqulodda vaziyatlar, Madaniyat vazirliklari, Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi, “Oʻzenergoinspeksiya” hamda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi vakillaridan tashkil topgan 100 nafardan iborat jami 16 ta ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruhlar tomonidan hududlardagi mavjud 129 ta madaniyat va istirohat bogʻi hamda aholi dam olish maskanlaridagi jami 1 ming 845 ta attraksion koʻzdan kechirildi va ularning xavfsiz foydalanish talablariga rioya etishi oʻrganib chiqildi.

Taʼkidlanishicha, attraksionlarning 1 ming 292 tasida texnik pasporti mavjud emas. 1 ming 106 tasida attraksionlarni kunlik texnik koʻrikdan oʻtkazish jurnali yoʻq. 928 attraksionda ishlatish va oʻrnatish boʻyicha yoʻriqnomalar mavjud emas. Attraksionlarga biriktirilgan xodimlarning 1 ming 258 nafarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomalar yoʻq va ular texnikadan foydalanish tartib qoidalarini mutlaqo bilmaydi.

695 attraksionda javobgar shaxs tayinlanmagan boʻlsa, 931 tasida operator va javobgar shaxslarning lavozim yoʻriqnomalari ishlab chiqilmagan. 854 ta attraksionda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyati mavjud emas.

– Aniqlangan kamchiliklardan koʻrinib turibdiki, madaniyat va istirohat bogʻlaridagi attraksionlarning aksariyati foydalanish talablariga javob bermaydi, – dedi Baxtiyor Gʻulomov. – Bu holat esa inson hayoti uchun xavflidir. Yurtimizga koʻp attraksionlar xorijiy davlatlardan, xususan, Xitoy Respublikasidan olib kelinadi. Oʻzimizda ham ishlab chiqarilayotgan attraksionlar bor. Ammo yetarli tajribaga ega konstruktorlar yoʻqligi sababli yurtimizda ishlab chiqarilayotgan attraksionlar talabga toʻliq javob bermaydi. Natijada bunday qurilmalar inson hayoti va sogʻligi uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Joriy yilda Jizzaxda sodir boʻlgan inson oʻlimi bilan bogʻliq fojia ham oʻzimizda ishlab chiqarilgan attraksionda roʻy bergan. Oʻrganishlar davomida noqonuniy faoliyat koʻrsatayotgan attraksionlar faoliyati ham aniqlanmoqda.

Kelgusida bolalar hayoti va sogʻligi bilan bogʻliq noxush hodisalarning oldini olish maqsadida Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi taklifiga binoan 2017-2019-yillar oraligʻida madaniyat va istirohat bogʻlariga oʻrnatilgan attraksionlar sertifikatlashtirilib, ularga biriktirilgan xodimlar maxsus kurslarda oʻqitiladi. Attraksionlar qurish va ishga tushirishdan oldin texnik koʻrik va sinovlardan oʻtkaziladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfli attraksionlar aniqlandi