Xattotlikka bag‘ishlangan ko‘rgazma
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida yaponlik xattot Yoshiko Yoshidaning “Xattotlik sirlari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida yaponlik xattot Yoshiko Yoshidaning “Xattotlik sirlari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazmada ijodkorning yillar davomida yaratgan eng yaxshi va eng mashhur xattotlik asarlari namoyish etilmoqda.
Xattotlik tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, bu yo‘nalish Yaponiyaga Xitoydan kirib kelgan va bu yozuvlar Yaponiyada VII asrdan boshlab rivojlangan.
Mutafakkirlar xitoy va yapon xattotligi orasidagi farq haqida shunday yozadi: “Xitoy xattotligida asosiysi, bu energiya, mo‘yqalamning ichki qudrati... Bu yerda asosiy o‘rinni mo‘yqalam orqali qog‘ozni sezish egallaydi. Yapon xattotligida esa hal qiluvchi mohiyat mo‘yqalamning tashqi kuchi mo‘yqalam-bo‘yoq, ularning tilida asosiysi sezgirlik, samimiylik emas, balki harakat va raqsdir”.
Yoshiko Yoshida 1959 yili Yaponiyaning Nara shahrida tug‘ilgan. 7 yoshidan 18 yoshigacha ustozlari rahbarligida xattotlik san’atini chuqur o‘rgandi.
Taniqli xattot 2000 yildan boshlab Bokushyo-kayda o‘tkaziladigan turli ko‘rgazmalarda ishtirok eta boshladi. 2005 yilda esa Yoshiko Yoshida Fukuyama shahrida Kanako-kay yapon xattotlik maktabiga asos soldi. 2007 yilda Sankt-Peterburgdagi Mariin davlat akademik opera va balet teatri taniqli solisti Farux Ro‘zimatov bilan hamkorlikda “Ashura” baleti dekoratsiyasini yaratdi.
U ko‘plab mamlakatlarda xattotlik bo‘yicha shaxsiy ko‘rgazmalarini namoyish etib kelmoqda.