Ma’lumki, o‘tgan yilning 5 avgust kuni “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi va 8 noyabr sanasidan rasman kuchga kirdi.

Xo‘sh qonun ijrosi doirasida qanday ishlar qilindi va kelgusi rejalar qanday?

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Mahmudjon Azimov bu borada quyidagilarni ma’lum qildi.

–Qabul qilingan qonun yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan 2024-2025-yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-grafigi ishlab chiqilgan va shu asosda ishlar boshlangan.

Toshkent shahrida ushbu qonun ijrosi yuzasidan jarayonlarga 170 ga yaqin kadastr xodimlari safarbar qilingan bo‘lib, bugungi kunga qadar (joriy yilning 25 mart holatiga) 9 ming 700 dan ziyod ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazildi. Shundan, xatlovdan o‘tkazilgan 9 ming 500 dan ortiq ko‘chmas mulk ob’ektlarining xatlov jamlanmalari shakllantirilib, respublika ishchi guruhiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.

2024 yil poytaxt hududidagi 146 ta mahallada xatlov ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yil yakuniga qadar yana 245 ta MFYda ko‘chmas mulklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Xatlov ishlari ikki bosqichda – o‘lchov ishlari hamda kameral ishlar ko‘rinishida olib borilmoqda.

O‘lchov ishlarida kadastr muhandislari tomonidan har bir ko‘chmas mulkning bino-inshootlarini o‘lchash bilan bir qatorda, ularning konstruktiv elementlarini hamda yer uchastkalarining amaldagi chegaralarini aniqlash amalga oshiriladi. Shuningdek, xatlovga topograflar ham jalb qilinib, geodezik uskunalardan foydalangan holda ob’ektning aniq geografik joylashuvini aniqlash va elektron xaritalarini yaratish ishlari ham olib borilmoqda.

“O‘zboshimchalik bilan egallangan” degan so‘z faqatgina noqonuniy degan ma’noni anglatmaydi. Qonunchilikda hujjatlari saqlanib qolinmagan yer yoki bino-inshootlarga nisbatan ham “o‘zboshimchalik bilan egallangan” degan ta’rif qo‘llaniladi.

Ushbu xalqparvar siyosat fuqarolarning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularda o‘z uy-joyini qonuniy rasmiylashtirib olish, boshqa shaxsga sotish, oila a’zolarini doimiy ro‘yxatga qo‘yish huquqi paydo bo‘ladi. Shuningdek, mulkdorlar uylarini ta’mirlash yoki qo‘shimcha qurilish qilish uchun imtiyozli kreditlar olishi, uy-joy jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladigan hollarda, qonunga muvofiq kompensatsiya talab qilishi mumkin bo‘ladi.

Ammo bugungi kunda ayrim holatlarda kadastr xodimlari xatlovga borganda uy-joy egalarining xonadonda bo‘lmasligi, uyda faqat yosh bolalar-ayollar borligi, ba’zi fuqarolar kadastr xodimlarini uyga kiritmasligi o‘lchov ishlari amalga oshirilishini cheklamoqda.

Suiiste’molchilik bo‘lmasligi, hech qaysi uy e’tibordan chetda qolib ketmasligi uchun bir mahallada xatlov ishlarini yakunlamasdan boshqa mahallaga xatlovga borish mumkin emasligi belgilangan. Yuqoridagi kabi holatlar kadastr xodimlarining bir uyga bir necha marotaba takror borishiga, ko‘p vaqt yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda. Bir uyga bir necha marta takror borish oqibatida esa tasdiqlangan reja-jadval bo‘yicha kechikishlar yuzaga kelmoqda.

Fuqarolar Kadastr agentligining kadastr.uz saytiga kirib o‘zining hududida xatlov ishlari qachon bo‘lishini bilib olishi mumkin. Foydalanuvchilar 3 ta harakat orqali o‘zlariga kerakli mahallani topadilar. Shu orqali tanlangan manzildagi mahallalar jadvali kelib chiqadi. Agarda ro‘yxatdan izlangan mahalla nomi chiqmasa, xavotirga o‘rin yo‘q. Demak, bu mahalla 2025 yildan keyingi bosqichda xatlovdan o‘tkaziladi. Xech bir mahalla e’tibordan va xatlovdan chetda qolib ketmaydi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xatlov jarayonlari: 9 ming 700 dan ziyod ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazildi