Xotira va qadrlash kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida ham o‘zgacha shukuh, o‘zgacha ko‘tarinkilik bilan nishonlandi. Bayram tuman markazida qurib bitkazilgan “Xotira xiyoboni”ning ochilish marosimiga ulanib ketdi.

Majmuada Motamsaro ona haykali qad rostlagan bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar nomlari bitilgan “Xotira kitobi” o‘rin olgan.  

Majmuada qo‘qonlik usta-hunarmandlar tomonidan sharqona me’morchilik an’analari uslubidagi ko‘rkam ayvon bunyod etilgan. Bo‘yi 4 metrdan ortiq bo‘lgan Motamsaro ona haykali muallifi  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, haykaltarosh Ulug‘bek Kuryazovdir.  

Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, tabarruk nuroniy otaxon va onaxonlarni, front ortida mehnat qilgan keksa avlod vakillarini, bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlab, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan tuman ahlini Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79-yilligi bilan tabrikladi.  

Ma’lumki, mash’um urush janggohlarida yurtimizning 1,5 milliondan ortiq navqiron o‘g‘lonlari ishtirok etib, ulardan 500 ming nafari halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan. Jumladan, Xatirchi tumanidan ham urushga 8 ming 982 nafar kishi safarbar etilib, ulardan 1 ming 482 nafari halok bo‘lgan, 810 nafari esa bedarak yo‘qolgan.  

– Davlatimiz rahbarining joriy yilda mazkur sanani keng nishonlash maqsadida qabul qilgan farmoniga muvofiq, butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi ushbu ulug‘ ayyom tumanimizda ham “Jasorat – millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida keng bayram qilindi, – deydi nuroniy otaxon Mahmud Toshonov. – Biz har gal Xotira va qadrlash kunini nishonlar ekanmiz, beixtiyor Ikkinchi jahon urushining xalqimiz boshiga solgan musibatlarini yodga olamiz, jang maydonlarida yuksak mardlik va matonat namunalarini ko‘rsatgan urush va front orti faxriylarining jasoratiga tahsinlar aytamiz. Eng muhimi, yoshlarimiz bugungi tinch va osoyishta hayot qadrini, Vatan tuyg‘usini, el-yurt oldidagi farzandlik burchini teranroq anglamoqda, tinchlikni, ona diyorimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrash farzandlik burchi ekanini yurakdan his etmoqda. 

[gallery-17364] 

Shu kuni tumanda qisqa muddatlarda qurib bitkazilgan o‘lkashunoslik muzeyi binosi ham foydalanishga topshirildi. Uning qurilishi tadbirkor Zehniddin G‘oipov rahbarligidagi “G‘olib Javohir” qurilish-montaj korxonasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi.  

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xatirchida “Xotira xiyoboni” bunyod etildi