Xasanova Shahnozaxon Boxodirjon qizining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Bosh miya qon aylanishi buzilgan ayollarda homiladorlik xavfini prognoz qilish» mavzusida
Xasanova Shahnozaxon Boxodirjon qizining 14.00.01 – “Akusherlik va ginekologiya” va 14.00.25 “Klinik-laborator va funksional diagnostika” ixtisosliklari bo‘yicha «Bosh miya qon aylanishi buzilgan ayollarda homiladorlik xavfini prognoz qilish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi ximoyasi Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 31-oktabr kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon viloyati, Andijon shahar, Yusuf Otabekov ko‘chasi, 1-uy, Andijon davlat tibbiyot instituti.
Tel/faks: (99874) 223-94-50
e-mail: info@adti.uz