Xamdamova Madinabonu Dilmurod qizining kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ayrim donli o‘simliklar chiqindilari va suli asosida xalq tabobati uchun yangi tovarlar olish” mavzusida
Xamdamova Madinabonu Dilmurod qizining 02.00.09 – “Tovarlar kimyosi” va 14.00.41 – “Xalq tabobati” ixtissosliklari bo‘yicha “Ayrim donli o‘simliklar chiqindilari va suli asosida xalq tabobati uchun yangi tovarlar olish” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 20-avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi 129-uy, Andijon davlat universiteti yangi binosi 1-qavat, 122-xona.
Tel.: (74) -223-88-30. faks: (74) -223-84-33,
e-mail: agsu_info@edu.uz