9 may – Xotira va qadrlash kuni

Insonning tuyg‘ulari hech qachon butunlay yo‘qolib ketmaydi. Sog‘inchlari hech zamonda qaytmas bo‘lib tark etmaydi.  

Yo‘qchilikda to‘qchilikni, notinchlikda tinchlikni qumsaydi, sog‘inadi. Bu tuyg‘ular urush to‘zonlarida umrining eng gullagan davrini o‘tkazgan yosh yigitlarning qalbida bo‘lmagan, deysizmi? Yoyinki, farzandi, otasi va yorini dushmanga qarshi yubora turib, Tangridan omonlik so‘rab duo qilganlar qalbida bo‘lmagan, deysizmi? Hammasiga inson atalmish zotning tuyg‘ulari giriftor bo‘lgan.  

To‘g‘ri, bugun biz ularning qalbidagi og‘riqlarni, Yaratganga qilgan iltijolarini va hatto necha kunlab non totmay azoblangan jismini his etolmaymiz. Bizni shukronalikka undash uchun yetarli asoslar bor zamonda yashayapmiz. Ammo bu ularni unutishimizga sabab bo‘la olmaydi. Aksar inson o‘z boshidan o‘tkazgan kunlardangina ibrat olishga moyil. Bu balki uning chin ma’nodagi ojizligidir. Odamzod yaralganiga million yillar o‘tgan bo‘lsa-da, hech bir davrda bashar farzandining jamoaviy bo‘lib baxt aynan nimadaligini anglab, o‘sha yo‘lni mustahkam tutganiga ishonish qiyin. Oqibatda esa, tarix kitoblarini mash’um sanalar bilan to‘ldirgan urushlar, uning ortidan olamni tark etgan go‘daklar, onalar va tinchliksevarlarning qoni bilan to‘langan.  

Bugun-chi?! Bizni jismimizning qayg‘usidan boshqa qanday tashvishlar qiynayapti? Mehnat istagan ko‘ngil harakat qila olsa, rizq topadi.  

Bugun dunyo notinch, deb jar solishga hojat yo‘q, chunki bundan bexabar qolganlardan boxabarlar bisyor. Shunday damlarda Yaratganning nazari tushgan yurting borligining o‘zi baxt emasmi? Xalqining farovonligi uchun islohotlar yuritayotgan insonlar atrofingda bisyor ekanligi saodat emasmi?

Bu kunlarni uzoq tariximizdan yaqin tariximizgacha bo‘lgan davrda ota-bobolarimiz orzu qilmaganmidi? Bugun bizga tinchlik va mustaqillik uchun jon fido qilganlarni xotirlash, qadrlash amaligina qoldi. Shukrki, munosib bo‘lib xotiralarni muqaddas saqlamoqdamiz.  

Unutmaylik, asl qahramonlik vaqt va davr tanlamaydi. Tinchlik davrida ham yurtga qalqon bo‘layotgan mardlarimiz bisyor. Jonfidolar bisyor. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi asosida tashkil etilgan “Millat fidoyilari” xiyoboni mustaqillik yillarida mamlakatimiz himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bag‘ishlandi.

Prezidentimiz mazkur majmuaga tashrif buyurib, marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashib, “Har yili bu yerga kelib, Ikkinchi jahon urushidagi yo‘qotishlarni eslaymiz. Endi mustaqillik fidoyilariga bag‘ishlangan ushbu majmuani tashkil qilganimiz, xayrli ish bo‘ldi. Chunki ular ham milliy qahramonlarimiz. Shu jihatdan, bu maydonning ma’naviy ahamiyati katta. Bu ham o‘zlikni anglash, bu ham inson qadri“, dedi.

Darhaqiqat, bugungi osoyishtalik davrida har sohada inson qadriga bo‘lgan e’tibor yuksalmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 fevraldagi qaroriga muvofiq, urush va mehnat faxriylariga munosib hurmat ko‘rsatilmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 ming AQSH dollari miqdorida, ushbu toifaga tenglashtirilgan shaxslarga 25 million so‘m, mehnat fronti qatnashchilariga 3 million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari berilmoqda. Ko‘plab muhtaram nuroniylarga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallari topshirilmoqda.

Ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Ikkinchi jahon urushiga o‘zbekistonliklarning 2 millionga yaqini safarbar etilib, shundan 538 ming nafardan ortig‘i jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo‘lgan, 158 ming nafardan ortig‘i bedarak yo‘qolgan. Mustaqillik yillarida 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida o‘z jonini fido qilganlar.

Tinchlik va mustaqillik uchun o‘z jonini ayamagan ota-bobolarimiz va mard o‘g‘lonlarimizning ulkan jasorati, matonati hamda fidoyiliklari abadiy. 9 may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan urush va mehnat faxriylariga hamda Vatan ravnaqi, taraqqiyoti va uning himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida e’tibor sifatida Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida“gi qarori imzolandi.

Shu o‘rinda o‘ylab ko‘raylik, yoshi ulug‘larimizning qalbini nima xushnud etadi — tinch-farovon yurtda yashayotgan avlodlarini ko‘rish va ularning xizmatlarini qadrlash yo‘lidagi e’tirof. Qarorda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylariga ularning xohishlariga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan bir martalik bepul yo‘llanmalar taqdim etilishi belgilandi. Bu esa ularning tanu joni salomatligi, uzoq yillar avlodlar duosida bo‘lib, osoyishtalik qadrini anglatib yashashi uchun ham muhimdir.  

Qarorga ko‘ra, bu yilgi 9 may – Xotira va qadrlash kuni “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Undagi ma’nolarning mantig‘ini chaqar ekansiz, aslida har qanday fidoyilik, qahramonlik, jonfidolik Vatan ravnaqiga hissa bo‘lib qo‘shilishiga urg‘u berilgan.  

Demak, Yangi O‘zbekistonning qaysi manzilida, qay sohada faoliyat yuritmaylik, birgina maqsad bizni taraqqiyotga yetaklaydi. Yurtga fidoyilik, Vatanga sadoqat bo‘lsa, bas.  

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqning vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonligi unutilmaydi