9 avgust dunyoda Butunjahon kitobsevarlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Ayrim manbalarda esa bu sana Xalqaro kitobsevarlar kuni sifatida keltirilgan. Nima bo‘lganida ham, sananing nomlanishi uning mohiyatini o‘zgartirmaydi.

Bu kunni dunyo kitobsevarlari smartfonlarini o‘chirib, yaqinlariga kitob ulashish va mutolaa bilan o‘tkazadilar. Bu kun nainki, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, kutubxonachi va noshirlar, balki kitobdan yaxshilik topgan, umrini kitobsiz tasavvur eta olmaydigan insonlar uchun ham o‘ziga xos sana hisoblanadi.  

Kitoblar atrofdagi voqelik, borliq haqidagi ma’lumot va axborotlarni kuzatish, qabul qilish, tahlil etish, ularga diqqat-e’tiborni kuchaytirish, xotira va nutqni yaxshilashda benihoya katta ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, mazkur bayram dastlab AQSHda kitobxonlar tomonidan norasmiy tarzda nishonlab kelingan.  

Keyinchalik bu an’ana dunyoning turli nuqtalaridagi kitobxonlar orasida keng ommalashdi.  

Har yili ushbu sanada turli davlatlarda kitob do‘konlari ko‘rgazmalar, yarmarkalar tashkil etadi va shoir-yozuvchilar kitobsevarlarga o‘zlarining yangi asarlarini taqdim etadi.  

Keyingi yetti-sakkiz yillar mobaynida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimizni kitobxon millatga aylantirish borasida keng qamrovli ezgu sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Ijodkor ziyolilar, ayniqsa, adabiyot ahli faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Kitobxonlikni targ‘ib etish va kuchaytirish borasidagi turli ijodiy-ma’rifiy loyihalarga keng yo‘l ochilmoqda.  

Bu boradagi ezgu ishlarga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tuzilmalar faol hissa qo‘shib kelmoqda.  

Ayniqsa, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yurtimizdagi mahallalar, maktablar, oliy ta’lim dargohlarida, harbiy qismlarda, mehnat jamoalarida, kutubxonalarda adib va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, yosh ijodkorlarning Respublika Zomin seminarini o‘tkazish, «Ma’rifat ulashib» ijodiy uchrashuvlari, kitobxonlik festivallari, «Adabiyot bayramlari»ni, kitobsevarlarning ijodiy tanlovlarini yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha ibrat olishga arzigulik tajriba to‘plangani e’tiborga molikdir. Mamlakatimizning olis hududlariga yo‘l olayotgan «Kitob karvonlari» har bir qalbga ma’rifat, bilim, ziyo ulashishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.  

AOKA ma’lumotlariga ko‘ra 2020 yilda 5 ming 855 nomdagi 41,7 million nusxa, 2021 yilda 6 ming 836 nomdagi 45,4 million nusxa, 2022 yilda 11 ming 131 nomdagi 49,1 million nusxa, 2023 yilda 15 ming 867 nomdagi 33,7 million nusxa adabiyotlar nashr etilgan.  

2023 yilda nashr etilgan adabiyotlar ixtisosligi bo‘yicha adabiy-badiiy 3 ming 848 nomda 18,4 million nusxada, bolalar adabiyotlari 1 ming 377 nomda 8,5 million nusxada, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar 1 ming 789 nomda 2,8 million nusxada, ilmiy-ommabop adabiyotlar 8 ming 636 nomda 2,8 million nusxada, diniy-ma’rifiy mavzudagi adabiyotlar 217 nomda 1,2 million nusxada nashr etilgan.  

«Kitobsevar millat» shiori ostida o‘tkaziladigan har bir tadbir orqali mutolaa madaniyatini oshirish hamda kitobxonlikni ommalashlashtirish sa’y-harakatlari mamlakatimizdagi mazkur sohaga mas’ul bo‘lgan tuzilma va tashkilotlar tomonidan faol davom ettirilmoqda.  

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqimizni kitobsevar millatga aylantirish borasidagi tashabbuslar faol olib borilmoqda