Bugungi kunda yurtdoshlarimizning koʻpchiligida uy-joyga boʻlgan ehtiyoj juda yuqori.

Mulohazali hisob-kitob

Bugungi kunda yurtdoshlarimizning koʻpchiligida uy-joyga boʻlgan ehtiyoj juda yuqori. Aholining ushbu ehtiyoji tobora kengroq qondirilish uchun yangidan-yangi, zamonaviy urfdagi, koʻzni quvontiradigan shinam uylar qurilmoqda.

Albatta, hamma ham sifatli, tashqi hamda ichki koʻrinishi chiroyli uylarda yashashni orzu qiladi. Ammo bugungi sharoitda talab darajasidagi xonadonga ega boʻlish biroz murakkab.

Buning birgina sababi aholining asosiy qismi oyiga oʻrtacha 2 million soʻmdan 5 million soʻmgacha maosh oladi. Xaridni ipoteka kreditlari asosida amalga oshirmoqchi boʻlganlar uchun kreditlarning foizi hamon yuqoriligicha qolmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 1-mayda “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yana-da kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Unga koʻra banklar birlamchi va ikkilamchi uy-joylar uchun 15 yildan 20 yilgacha ipoteka kreditini ajratishi toʻgʻrisidagi takliflarini keng jamoatchilikka maʼlum qilishdi.

Kuzatuvlar natijasi shuni koʻrsatdiki, bugungi kunda yangi qurilgan birlamchi uylardan xarid qilmoqchi boʻlsangiz boshlangʻich toʻlovning 20 foizini toʻlaganingizda 15 yildan 20 yilgacha yiliga 22 yoki 23 foizdan toʻlab borishingizga toʻgʻri keladi.

Ikkilamchi bozordan yaʼni eski qurilgan uylardan sotib olmoqchi boʻlsangiz, boshlangʻich badalning 25 foizi toʻlansa, qolgan qismi 15-20 yilga 26 foizdan toʻlanadi. Ushbu maʼlumot “Ipoteka bank”ga tegishli.

“Ipak yoʼli banki” mutaxassisining bergan maʼlumotiga koʻra, ipoteka krediti faqat birlamchi uylarga berilar ekan. Shundan xarid qilinadigan uyning 20 foiz boshlangʻich toʻlov sifatida toʻlansa, qolgan qismi 20 yilga 21 foizdan toʻlab borilar ekan.

Bank isteʼmolchilarga 2 xonali uylar uchun 224 milliongacha, 3 xonali uylar uchun 352 milliongacha ipoteka kreditini ajratishini maʼlum qildi.

“Sanoat qurilish bank” ipoteka kreditlari faqat birlamchi bozordagi yaʼni yangi qurilgan uylarga berilar ekan. Boshlangʻich toʻlov 20 foiz. Yillik toʻlov 20 foizdan 20 yilga boʻlib toʻlanadi. Mazkur bank 264 milliondan 352 milliongacha boʻlgan miqdorda ipoteka kreditlarini beradi.

Yuqorida nomlari keltirilgan banklar tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari arzonlashtirilgan foiz stavkasi boʻyicha taqdim etilmoqda. Baʼzi xususiy banklarning ipoteka kredit foizi hali-hamon 25 foizdan 30 foizgacha va hatto undan ham yuqoriligicha qolmoqda.

Endi eʼtiboringizni yangi qurilgan uylarning narx-navosiga qaratsak.

“Murat Buildings” nomi ostida sotuvi amalga oshirilayotgan yarim tayyor yaʼni xonalari boʻlingan, suvoqlangan holatdagi uylarning har kvadrat metri oʻrtacha 6,5 million soʻmdan boshlanib, 14 million soʻmgacha sotilmoqda.

Mazkur uylarning biriga sohib boʻlish uchun tomonlarning kelishuv shartnomasi asosida istalgan bankdan ipoteka kreditlarini olish imkoniyati mavjud.

“Bizning uylar” qurilish kompaniyasi tavsiya etayotgan yashash uchun tayyor uylarning har kvadrat metriga 6,2 million soʻmdan 6,7 million soʻmgacha narx belgilangan.

“Huvaydo” majmuasi tomonidan qurilgan yarim tayyor uylarning bir kvadrat metri 8,2 million soʻmni tashkil etayapti.

Hozirgi kunda taʼmirlangan uylarning 1 kvadrat metrini minimal 6 million soʻm deb hisoblaymiz. Deylik, 2 xonali 54 kvadrat metrli uy. Umumiy qiymati 324 million soʻmga chiqib ketyapti. Avval boshida 20 foizlik badal pulini toʻlab qoʻyish shart. Shunda uyning qoldiq tannarxi 259 million 200 ming soʻm boʻladi. 15 yilga 259,2 million soʻmning 20 bank foizi bilan 777 million 600 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Demak isteʼmolchi 15 yil mobaynida 777 million 600 ming soʻmni toʻlashga toʻgʻri keladi. Banklar taklif etayotgan ipoteka kreditlarining eng yuqori summasi 352 million soʻmni tashkil etganda, oyiga 5,8 million soʻmdan toʻlab borishga toʻgʻri keladi.

Endi haqli savollar yuzaga keladi? Agar oilada 1 nafar kishi ishlasa, boringki, ikki nafari ham mehnat qilsin, ularning topayotgan ana boringki, 6 million soʻm boʻlsin. Bu pul oyligi uy-roʻzgʻorga yetadimi yoki ipoteka kreditini toʻlashgami?

Aslida banklar kam oylik oladigan isteʼmolchiga ipoteka kreditini bermaydi. Yillik daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olib borganingizda, “...hurmatli mijoz siz bir oyda kamida 8 million maosh olishingiz kerak, aks holda Siz bilan ishlay olmaymiz”, degan javobni eshitasiz.

Oʻylab qaralsa, isteʼmolchi ishlab topgan oylik daromadini 15 yoki 20 yil davomida kreditga toʻlasinmi, farzandini boqsinmi, kommunal toʻlovlarni amalga oshirsinmi? Ular shu vaqt davomida yeb-ichishdan, kiyinishdan oʻzini tiysinmi? Bolalarni oʻqitish yoki taʼlimiga sarmoyachi?

Qolaversa, olinayotgan 58 kvadrat metrli xonadonda koʻp bolali oilalar siqilib ham qoladi. Yoki bu kabi ipoteka kreditlari faqat 1 nafar farzandi bor oilalar uchun moʻljallanganmi? Koʻp oilalar yana qayta kredit olsa, shu bilan umri ham poyoniga yetib qolmaydimi? Oʻzbek xalqi uyiga kredit toʻlash uchun yashaydimi?

Eʼtibor berilishi shart boʻlgan yana bir juda achinarli va isteʼmolchi huquqlariga zid jihat bor. Bu – koʻtarilayotgan umumiy kreditning 20 yoki 25 foizini oldindan toʻlash sharti. Bunday badalning mavjudligi nafaqat bozor qonunlariga zid, balki kredit oluvchini xonavayron qilishga qaratilgandir. Koʻpchilik ushbu miqdordagi summani yigʻa olmayotgani uchun ham kredit ololmay qolmoqda. Albatta, bu bank bilan bogʻliq jiddiy muammolar. Eʼtibor berilsa xorijiy davlatlarda boshlangʻich toʻlov oʻrtacha 5% dan 10% gachani tashkil etadi. Masalan Rossiya Federatsiyasi yosh bolali oilalar uchun boshlangʻich toʻlovi 5%, 30 yilga 20% foizdan boʻlib toʻlash sharti bilan aholini uy-joy bilan taʼminlamoqda. AQSHda 10 yildan 30 yilgacha, yiliga 5% foizdan toʻlash sharti bilan ipoteka kreditlarini ajratmoqda... Bizda qaysi mezonlar asosida ipoteka kreditlarining foiz stavkalari belgilanayapti?

Qurilish tashkilotlari ham har bir kvadrat metr narxlarini arzonlashtirish ustida bosh qotirishlari lozim va shart. Hisob-kitoblarga koʻra, ular hozir uch barobargacha foyda olmoqda ekan. Hozirgi sharoitda ular qurilish tan narxi ustida, deylik 50 foizdan ortiq narx qoʻymasliklarini mutasaddi davlat tashkiloti qatʼiy nazorat qilib borish nihoyatda muhimdir.

Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, bugungi kunda qabul qilinayotgan har qanday qonun inson va uning manfaatlari uchun xizmat qilishi lozimligi takror-takror aytiladi. Ammo, birgina ipoteka kreditlarining berilish tartibiga toʻxtaladigan boʻlsak, bunda isteʼmolchilarning hech qanday manfaati ustunlik qilmayapti. Faqat bank va qurilish obyektlari moʻmay daromad topish ilinjida.

Manija BAHRIYEVA,
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
bosh mutaxassisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqimiz faqat uyga kredit toʻlash uchun yashaydimi?