«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning huquqiy islohotlar dasturi ko‘magida tashkil etilgan ishchi safari chog‘ida Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi rahbari Kristof Bernaskoni bilan uchrashdi.

Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi hukumatlararo tashkilot bo‘lib, uning faoliyati xalqaro xususiy huquq normalarini birlashtirishga qaratilgan. Tashkilot 1893 yilda Gaaga shahrida fuqarolik jarayoni va yurisdiksiyasiga oid masalalarni hal qilish uchun yig‘ilgan 13 ta davlat delegatlari tomonidan tashkil etilgan.

Kristof Bernaskonining ta’kidlashicha, Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasining asosiy faoliyati muzokaralar orqali ishlab chiqilgan xalqaro darajada kelishilgan qarorlarni taqdim etish, shuningdek, xalqaro shartnomalar va konvensiyalarni qabul qilishdan iborat. bugungi kunda 40 dan ortiq konvensiya va hujjatlar qabul qilingan va kuchga kirgan. Ushbu konvensiya va hujjatlar uch asosiy yo‘nalish bo‘yicha transchegaraviy munosabatlarda g‘oyatda muhim ahamiyatga ega: bular – oila va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro huquq; transmilliy sud jarayoni va huquqiy hamkorlik; xalqaro tijorat va moliyaviy huquq.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi bir yuz ellikdan ziyod davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasining doimiy byurosi tashkilotning ko‘p millatli kotibiyati hisoblanadi. U yalpi majlislarni va boshqa uchrashuvlarni tashkil qilish, tayyorgarlik ishlarini olib borish hamda tegishli faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul sanaladi.

Uchrashuvda E.Tulyakov qatnashchilarni Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan va 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida rejalashtirilgan sud-huquq tizimidagi islohotlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasining O‘zbekiston Adliya vazirligi va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Bunda asosiy e’tibor O‘zbekistondagi huquqshunoslarni Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi platformasiga mos ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish masalalariga qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi tomonidan qabul qilingan majburiy xarakterga ega bo‘lgan xalqaro shartnomalar va konvensiyalarni o‘rganish yuzasidan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi