Xalqaro valyuta jamg‘armasining farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard bayonoti
Xalqaro valyuta jamg‘armasining farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng quyidagicha bayonot berdi:
Xalqaro valyuta jamg‘armasining farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng quyidagicha bayonot berdi:"Men O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganimdan g‘oyat mamnunman. O‘zbekiston rahbariyati keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu, avvalo, yaqinda amalga oshirilgan valyutani tartibga solish tizimidagi o‘zgarishlarga tegishlidir. Biz iqtisodiyotni mustahkamlash, yanada ko‘p ish o‘rinlari yaratish, barqaror va kompleks taraqqiyotga erishishda muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Men Prezident Shavkat Mirziyoyevni qo‘shni mamlakatlar bilan mintaqaviy hamkorlikni yaxshilashga doir tashabbuslari bilan qutlayman. Mintaqaviy hamkorlik suv resurslaridan birgalikda foydalanish, samarali mintaqaviy energetika tizimini yaratish va transportni rivojlantirish kabi yirik muammolarni hal qilishda juda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistondagi islohotlar jarayoni uzoq davom etadi va bu oson kechmaydi. Men iqtisodiy o‘sishning yanada yuqori sur’atlariga erishish va aholi turmush farovonligini oshirish yo‘lida Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston bilan qat’iy hamkorlikka tayyor ekanini tasdiqlayman".