Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir yakunlandi
“O‘zbekiston” sport majmuasida maxsus qismlarning xizmat burchini ado etish vaqtida vafot etgan xodimlari xotirasiga bag‘ishlab yoshlar va kattalar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro turnir yakunlandi.
“O‘zbekiston” sport majmuasida maxsus qismlarning xizmat burchini ado etish vaqtida vafot etgan xodimlari xotirasiga bag‘ishlab yoshlar va kattalar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro turnir yakunlandi.An’anaviy turnirda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistondan uch yuzga yaqin professional va havaskor sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Musobaqaning so‘nggi kunida sportchilarimizdan M.Mametov, A.Qalandarov, R.Nishonboyev, M.Mamajonov, J.Jumayev, F.Ahmedov, B.Mahamatov, B.Rahmatov, E.Sulaymonov, J.Mansurov, I.Komilov, I.Raimov, Sh.Jumayev shohsupaga ko‘tarildi.