O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida Xitoy Xalq Respublikasi bilan strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida izchil sa’y-harakatlar olib bormoqda. Joriy yilning aprel oyi oxirida Xitoyning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-texnikaviy muassasalari vakillari yurtimizdagi qator ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Xitoyning Chan’an universiteti o‘rtasidagi muloqotda ta’lim sohasida talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama etildi. Chan’an universiteti direktorining o‘rinbosari Yan Vantun, Yangiyer filiali direktori Zafar Hakimov va TAQU rektori Bahrom To‘laganov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida xalqaro standartlarni joriy etish va innovatsion kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, Tyanszin qishloq xo‘jaligi universiteti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar ham muhim ahamiyat kasb etdi. Universitet rektori Jin Veyvey bilan o‘tkazilgan muzokaralarda yurtimizda xorijiy investitsiyalar asosida zamonaviy ilmiy-tadqiqot markazlari va qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish, landshaft dizayni va agroinnovatsiya yo‘nalishlarida “Yangi O‘zbek–Xitoy landshaft dizayni” konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

“Tyanfen” Sinszyan qishloq xo‘jaligi ilmiy-texnikaviy kompaniyasi rahbari Chjan Aydun, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Yangiyer filiali direktori Zafar Hakimov o‘rtasidagi uchrashuvda esa oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, vinochilik va uzumchilik yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xitoylik mutaxassislar tomonidan uzum navlarini sifatli saqlash va yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan hamkorlik taklifi bildirildi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy laboratoriya tashkil etish masalasi yuzasidan kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston tomoni, o‘z navbatida, ushbu sohada Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida katta salohiyat mavjudligini ta’kidlab, mahalliy aholini jalb etish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumi hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzoladilar. Ushbu kelishuvlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim, ilm-fan, agrotexnologiya va innovatsiyalar sohalaridagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi, shubhasiz.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlik istiqbollari