Xalqaro sud qarorini Isroil bajaradimi? (+video)
—
Xabaringiz bor, Janubiy Afrika Respublikasi G‘azo sektoridagi vaziyat yuzasidan Gaagadagi Xalqaro sudga genotsid konvensiyasi bo‘yicha Isroilga qarshi da’vo arizasi bergan edi. JAR Tel-Avivni anklavdagi harbiy amaliyotini to‘xtatishga, uning aholisi oziq-ovqat, suv va insonparvarlik yordamiga ega bo‘lishini ta’minlashga va u yerda xalqaro missiyalar bo‘lishiga xalaqit bermaslikka chaqirdi. Xalqaro sud bu ishni ko‘rib chiqmoqda, ayrim masalalar bo‘yicha tegishli qaror ham chiqargan. Ammo, uning ijrosi qanday bo‘ladi? Bugungi “Xalqaro sharh” loyihamizda jurnalist Dilshod Bo‘riyev va siyosiy sharhlovchi Abduvali Soibnazarov ushbu masalalar to‘g‘risida fikr yuritishadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7Gg-7xWzrh4" title="Xalqaro sud qarorini Isroil bajaradimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>K. Bekjanov, Yo.Melibayev (video), O‘zA