Xalqaro standartlar olimpiadasiga start berildi
Janubiy Koreya Respublikasida tashkil etilayotgan IXX Xalqaro standartlar olimpiadasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegatsiyasi yetib bordi.
Mazkur olimpiada (ISO - International Standards Olympiad)da mamlakatimiz yoshlari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari bilan birgalikda ilk bor ishtirok etmoqda, deb xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, quyidagi o‘quvchilar yurtimiz sharafini himoya qiladi:
— Umar Azimov, 10-sinf o‘quvchisi;
— Javlon Hasanov, 11-sinf o‘quvchisi;
— Islom Boyqulov, 11-sinf o‘quvchisi;
— Diyoraxon Mahmudova, 10-sinf o‘quvchisi;
— Ibrohim Ismoilov, 10-sinf o‘quvchisi;
— Asliddin Olimjonov, 11-sinf o‘quvchisi.

Ma’lumot uchun: Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo bo‘ylab o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Turnir 2014 yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda o‘tkazilgan bo‘lib, 2015 yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.
O‘zA