AQSHdagi nufuzli universitetlar tomonidan tan olinadigan SAT imtihonlarini topshirish yana ham osonlashdi.
Endi mazkur imtihonlar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladi.
Mazkur imtihon matematika va ingliz tili fanlaridan o‘tkaziladi hamda xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.
Imtihonlar mart, aprel, may oylarida bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro SAT imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish haqida qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada Prezident ta’lim muassasalari agentligi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi.
O‘zA