Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ilk bor xorijiy davlatlar bilan fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirish maqsadida Xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasi onlayn tarzda o‘tkazildi.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, 15-17 yosh o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu olimpiadada AQSH, Afg‘oniston, Belarus, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan 43 nafar xorijiy fuqaro hamda yurtimizdagi ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarda tahsil olayotgan 968 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Olimpiada jarayonlari test shaklida o‘tkazilib, natijalarni baholashda o‘quvchilarning yakuniy to‘plagan bali va test topshiriqlarini yechish uchun sarflagan vaqtiga ustuvorlik berildi. O‘zbek tili bo‘yicha zakovat musobaqasining natijalari xorijiy fuqarolar va mamlakatimiz fuqarolari uchun alohida baholandi va har bir yo‘nalishning 1-,2-,3-o‘rinlari bo‘yicha 6 nafardan, jami 12 nafar g‘olib aniqlandi.

Chet el fuqarolari orasida birinchi o‘ringa Arslan Mo‘minov (Rossiya Federatsiyasi), O‘zbekiston fuqarolaridan birinchi o‘ringa Hayitgul Elmurodova munosib topildi. Xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasi g‘oliblariga tasdiqlovchi sertifikatlar ishtirokchilarning elektron manziliga yuborish orqali yetkaziladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasida 43 nafar chet ellik o‘quvchi qatnashdi