Xalqaro maktab-internatga qabul davom etmoqda
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro fizika va matematika maktab-internatiga 2020/2021 oʻquv yili uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro fizika va matematika maktab-internatiga 2020/2021 oʻquv yili uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.
Oʻquvchilar xalqaro maktabning 7-10-sinflariga fizika, matematika va chet tili fanlaridan test sinovlari orqali qabul qilinadi.
Tanlov Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.
Maktab-internatda aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillari chuqur oʻqitiladi. Dars mashgʻulotlarini oʻtish uchun yuqori kasb mahoratiga ega mahalliy va xorijiy pedagoglar jalb qilinadi.
Talabgorlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
direktor nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
3 x 4 hajmdagi 4 dona rangli fotosurat;
taʼlim olayotgan maktabdan maʼlumotnoma (oʻqiyotgani haqida).
Shuningdek, xalqaro maktabga iqtidorli pedagog kadrlar ham tanlov asosida ishga taklif etiladi.
Tanlov ikki xil tartibda:
matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari uchun test va yozma ish;
boshqa fan oʻqituvchilari uchun faqat test oʻtkazish asosida amalga oshiriladi.
Tanlov natijalari boʻyicha ishga qabul qilingan oʻqituvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalardan tashqari homiylar tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan 100 foizgacha qoʻshimcha ustama haq toʻlanishi mumkin.
Tanlov jarayonlari videofiksatsiya qurilmalari orqali yozib olinib, onlayn tarzda uzatib boriladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻquvchilar va oʻqituvchilarning hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 30-sentyabrigacha (shu kuni ham) davom etadi.
Maktabda taʼlim jarayoni oʻzbek tilida olib boriladi.
Manzil: Xorazm viloyati Shovot tumani Komiljon Otaniyozov koʻchasi, 65-uy.
Murojaat uchun telefonlar: (97) 453-28-27, (91) 912-63-76.