Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki hech bir soha rivojini ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Raqamli texnologiyalarning afzalligi shundaki, u eng avvalo, fuqarolarga qulayliklar yaratadi. Uning rivojlanishi natijasida mamlakatda yangi xizmat turlari paydo bo‘ladi.
Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalarining keng tarqalishi zarur o‘zgarishlarni amalga oshirishga yordam beradi. Shu bois Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan sohani rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Vazir Sherzod Shermatov "NTT Communications" kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘limi ijrochi direktori bilan uchrashuvida ham soha rivoji xususan, O‘zbekistonda xalqaro IT kompaniyalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Jumladan, IT Park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari, rivojlangan infratuzilma va investorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, NTT tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion IOWN loyihasi taqdim etildi. Bu loyiha foton tarmoqlari, sun’iy intellekt va raqamli egizaklar asosida yangi avlod aloqa infratuzilmasini yaratishga qaratilgan. Mazkur texnologiya real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish va turli sohalarda samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

Uchrashuv yakunida "NTT Communications" vakillari va “O‘zbektelekom” AJ bilan hamkorlik qilish masalalari tavsiya etildi.
Shuningdek, kompaniyaga 2025 yil 23-26sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ICT WEEK tadbirida ishtirok etish va o‘z loyihasini xalqaro auditoriyaga taqdim etish taklifi bildirildi.
Nigora Rahmonova, O‘zA