Xalqaro konferensiya qizg‘in davom etmoqda
Samarqanddagi “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi hududidagi muhtasham Kongress-xollda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqligi: “Barqaror rivojlanish uchun global darvozalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etyapti.
Xabar berganimizdek, kunning birinichi yarmida Yevroap Ittifoqi va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari hamda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari yetakchilar va mas’ullari ishtirokida yalpi majlis o‘tkazildi.
Spikerlar savdo-iqtisodiy sheriklik ko‘lamini kengaytirish, jumladan, transport bo‘yicha o‘zaro bog‘liqlikni takomillashtirish, suv va energetika tizimini hamda raqamli infratuzilmani bugungi kun talabidan kelib chiqib, zamonaviy texnologiya yutuqlarini keng joriy etgan holda rivojlantirish kabi eng dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z davlatlari va ikki mintaqaning umumiy manfaatlari nuqtai nazaridan asosli taklif, tashabbuslarini bildirdilar.
Kunni ikkinchi yarmida konferensiya dasturiga ko‘ra, belgilanan mavzular bo‘yicha alohida sessiyalar ko‘rinishida yig‘ilishlar davom etdi. Munozara, muhokamalarga boy kechgan sessiyalarda raqamlashtirish, suv va energetika, transport sohalarida o‘z davlatlarida yetakchi ekspertlar, vazirlik, idoralar mutasaddilari ayni yo‘nalishlardagi muammoli masalalarni Yevropa Ittifoqi va boshqa hamkor xalqaro moliyaviy tuzilmalar ko‘magida, qo‘llab-quvvatlashi bilan birgalikda hal etish yo‘llarini ko‘rib chiqdilar.
Anjuman “Istiqbol va keyingi qadamlar” deb nomlangan V2V formatidagi muloqotlar, mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi ikki tomonlama uchrashuvlar ko‘rinishida davom etyapti.
G‘.Xonnazarov,
O‘zA