O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan birgalikda joriy yilning 3-4 mart kuni «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari va bu sohada huquqbuzarliklarning profilaktikasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Tadbirda mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’ul vazirlik va idoralar xodimlari, milliy va chet el oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot institutlari ekspertlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda sohadagi muammolar bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar qatnashadilar.

Bosh prokuratura Akademiyasi keng jamoatchilik vakillaridan yo‘l harakati xavfsizligiga oid takliflarini trafficsafety@proacademy.uz elektron manzili orqali yuborib, mamlakatda ushbu sohani yanada yaxshilashga o‘z hissalarini qo‘shishda faol bo‘lishga chaqiradi.

Bosh prokuratura Akademiyasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro konferensiya: Bosh prokuratura Akademiyasi yo‘l harakati xavfsizligiga oid jamoatchilik takliflarini o‘rganadi