Buyuk Britaniya fuqarosi Karim Xon Xalqaro jinoiy ishlar sudi yangi prokurori lavozimi uchun o‘tkazilgan saylovda g‘olib chiqdi.

Jami to‘rt nomzod ishtirok etgan saylov nizomiga ko‘ra, g‘alaba qozonish uchun 123 ovozdan kamida 62 tasini olish lozim edi. Karim Xon 72 ovoz to‘pladi. Odatda bu o‘ringa prokuror to‘qqiz yillik muddatga saylanadi.

"Xalqaro jinoiy ishlar sudiga a’zo davlatlar assambleyasi tomonidan Buyuk Britaniyadan Karim Xon Xalqaro jinoiy ishlar sudi prokurori etib saylandi. U 2021 yildan boshlab, to‘qqiz yilga saylandi", - deya e’lon qildi assambleya majlisi raisi.

Mazkur lavozimga yana uch nomzod - irlandiyalik advokat Fergal Geynor (42 ovoz yig‘di), ispaniyalik prokuror Karlos Kastresana (5) va italiyalik prokuror Franchesko Lo Voy (3) ham da’vogarlik qilgan edi.

Xalqaro jinoyat ishlari sudi XXI asrda amalga oshirilgan og‘ir jinoyatlarga jazo belgilash uchun shartnoma asosida tashkil qilingan ilk doimiy sud hisoblanadi.

1998 yil 17 iyulda asos solingan mazkur tuzilma faoliyati 60 davlat ratifikatsiya qilgandan keyin 2002 yildan kuchga kirgan.

Tashkilot yurisdiksiyasiga jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan va xalqaro hamjamiyatni qattiq tashvishga solgan og‘ir jinoyatlar kiradi. Sud, asosan, insoniyatga qarshi amalga oshirilgan, bosqinchilik va harbiy xususiyatga ega jinoyat ishlarini ko‘radi. Shuningdek, genotsid uyushtirishda bosh-qosh bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun ta’qib qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro jinoiy ishlar sudiga yangi prokuror saylandi